Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 03:00 Shotlandiya 0-3 Braziliya
25/06 03:00 Marokash 4-2 Gaiti
25/06 06:00 Chexiya 0-3 Meksika
25/06 06:00 JAR 1-0 Janubiy Koreya
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya - Fransiya
26/06 23:59 Senegal - Iroq
27/06 05:00 Urugvay - Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde - Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr - Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya - Belgiya

Eron terma jamoasi futbolchilariga AQSH vizasi berildi

Eron terma jamoasi futbolchilariga AQSH vizasi berildi

Baho:
+ | -

Eron milliy terma jamoasi futbolchilari 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun zarur vizalarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Eronning Turkiyadagi elchisi Muhammad Hasan Habibullohzoda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron terma jamoasi futbolchilariga vizalar 48 soat ichida rasmiylashtirilgan. Bunda futbolchilarning shaxsan elchixonaga borishi yoki barmoq izlarini topshirishi talab etilmagan.

Avvalroq, 24 may kuni Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj FIFA Eron terma jamoasining Jahon chempionatidagi bazasini AQSHdan Meksikaga ko‘chirishni ma’qullaganini ma’lum qilgandi.

Qizig‘i shundaki, Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarini AQSH hududida o‘tkazadi. Eron jamoasi Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:15, 04.06.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик