Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anri «Bavariya» rahbariyatini maqtadi

Anri «Bavariya» rahbariyatini maqtadi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Dastlab ko‘pchilik uni «Bavariya»dagi ish uchun mos nomzod emas deb hisoblagandi, ammo u vazifani a’lo darajada uddalayapti. U kabi inson o‘z o‘rniga — uni tushunadigan odamlar davrasiga tushib qolsa, siz bugungi «Bavariya»ni ko‘rasiz.

Men Belgiya terma jamoasida murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan paytlarimda u bilan birga faoliyat yuritganman. O‘shandayoq uning naqadar aqlli ekanligi ko‘rinib turardi. U ko‘plab tillarda gaplasha oladi va nima xohlashini juda aniq biladi. U ikkilanib o‘tirmaydi. Kompani kuchli yetakchi va agar unga mos futbolchilar berilsa, natija ko‘rsata olishini isbotladi.

«Bavariya» rahbariyati «Byornli»ning APLni tark etganiga qaramay, uni tarkibga qo‘shib olgani uchun katta maqtovlarga loyiq. Chunki ular Vensanda klubning ichki qadriyatlariga mos keladigan xususiyatni ko‘ra bilishdi. Bu juda oqilona qaror edi», — deya Anrining so‘zlarini keltiradi Sport Illustrated.

Eslatib o‘tamiz, Vensan Kompani «Bavariya»ni 2024 yilda qabul qilib olgan edi. Yakuniga yetgan mavsumda Myunxen klubi uning qo‘l ostida Germaniya chempionati (Bundesliga), Germaniya Kubogi va Germaniya Superkubogida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 16:01, 04.06.2026.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик