Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lion» Endrikni yana ijaraga olishga tayyor

«Lion» Endrikni yana ijaraga olishga tayyor

Baho:
+ | -

«Lion» klubi mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyada ijara asosida o‘tkazgan hujumchi Endrikning ortga qaytarilishini orzu qilmoqda. Futbolchining transfer huquqi Madridning «Real» klubiga tegishli.

19 yoshli braziliyalik futbolchi qishki transfer oynasida jamoaga kelib qo‘shilganidan so‘ng, uning haqiqiy yetakchilaridan biriga aylandi. U barcha musobaqalarda jami 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u o‘zining professional faoliyatidagi ilk xet-trikini ham aynan «Lion» safida qayd etdi.

«GFFN» bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Lion» texnik direktori Matyo Lui-Jan yangi ijara shartnomasi tuzilishi ehtimolini inkor etmayapti. Ammo, u ayni paytda buning deyarli imkonsiz ekanligini ham tan olmoqda. Chunki futbolchi Madrid klubining asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egallashni maqsad qilgan.

«Lion»dagi muvaffaqiyatli ishtirok Endrikka Jahon chempionati oldidan Braziliya terma jamoasiga qaytishga yordam berdi.

Kiritildi: 17:07, 04.06.2026.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик