Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kot-d'Ivuar JCH-2026 oldidan Fransiyani taslim etdi (Videosharh)

Kot-d'Ivuar JCH-2026 oldidan Fransiyani taslim etdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Kot-d'Ivuar jamoasiga imkoniyatni boy berdi — 1:2. O‘yin Nant shahridagi «Bojuar» stadionida bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Siti»ning fransuz yarim himoyachisi Rayan Sherki birinchi bo‘lim yakunida hisobni ochdi. Ivuarliklar 53-daqiqada javob qaytarishdi — Fransiya terma jamoasi hujumchisi Dezire Duening akasi bo‘lmish Gela Due o‘zini ko‘rsatdi. Uchrashuv so‘ngida «Manchester Yunayted»ning ivuarlik forvardi Amad Diallo Duening uzatmasidan so‘ng g‘alaba golini kiritdi.

Har ikki jamoa ham Jahon chempionati-2026 ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Fransiya «I» guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya bilan, Kot-d`Ivuar esa «E» guruhida Germaniya, Kyurasao va Ekvador bilan bahs olib boradi.

Dushanba kuni Fransiya JCH-2026 oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 04:51, 05.06.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик