«Galatasaroy» va «Beshiktosh» klublari SSKA yarim himoyachisi Matvey Kislyakni transfer qilishdan manfaatdor, deb xabar bermoqda turkiyalik jurnalist Osman Altunterim.
May oyida 20 yoshli futbolchiga «PSJ» tomonidan ham qiziqish borligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Matvey — SSKA klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2023 yildan buyon jamoaning asosiy tarkibida to‘p surib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Kislyakning SSKA bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 25 million yevroga baholamoqda.













