Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» bosh murabbiyi Kivu klub bilan shartnomasini uzaytiradi

«Inter» bosh murabbiyi Kivu klub bilan shartnomasini uzaytiradi

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu yaqin vaqt ichida klub bilan yangi shartnoma imzolaydi, deya xabar bermoqda ANSA axborot agentligi.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim borasida kelishib olishgan. 45 yoshli ruminiyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi.

«Inter» yangi shartnoma haqida bugun, juma — 5 iyun kuni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Kivu 2025 yilning yozidan buyon «Inter»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa yakunlangan mavsumda A Seriya va Italiya Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (oltin dubl qayd etdi).

Kiritildi: 05:02, 05.06.2026.
O'qildi: 218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик