Hozirda «Sautgempton» klubida to‘p surayotgan «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Oriol Romeu Kataloniya klubiga qisqa muddatga qaytgan davrlarini yodga oldi.
«Ko‘k-anorranglilar» o‘z tarbiyalanuvchisi bilan 2023 yilning yozida shartnoma imzolashgan edi. Boshida Xavi Ernandes ushbu tayanch yarim himoyachisini muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushirdi, biroq keyinchalik unga tobora kamroq ishonch bildira boshladi.
«Men «Barselona»da uzoqroq o‘ynashni istagandim, lekin bunda o‘zimni ayblamayman va hech narsadan afsuslanmayman. U yerda ajoyib do‘stlar arttirdim, menda shirin xotiralar qoldi va eng asosiysi — orzumni amalga oshirdim: dunyoning eng yaxshi jamoasida, favqulodda noyob insonlar bilan birga to‘p surish nasib etdi. La Ligada g‘olib chiqa olmaganimiz va Chempionlar Ligasida uzoqroqqa bora olmaganimiz juda alamli bo‘ldi, biroq men u yerdan qalbimda mamnunlik hissi bilan ketdim. O‘zimga ta’na qiladigan hech qanday sabab yo‘q», — deya Romeuning so‘zlarini Barca Universal nashri keltiradi.
2025 yil avgust oyining oxirida Oriol va «Barsa» o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingan edi, noyabr oyida esa xavbek ilgari ham to‘p surgan «Sautgempton» klubiga ko‘chib o‘tdi.













