Belgiya terma jamoasi ustozi Rudi Garsiya JCH-2026 arafasida jamoaning yulduz yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening holati haqida fikr bildirdi.
«Kevinning «Napoli»dagi ishlari joyida, u ushbu jamoada o‘zini qulay his qilmoqda. Men uchun hozirgi paytda eng muhimi — de Bryuynening hamon milliy terma jamoada o‘ynashni juda ham xohlayotganidir», — deya «qizil iblislar» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi Football-Italia.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Belgiya terma jamoasi Misr, Eron va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Mundial Shimoliy Amerikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Turnirning amaldagi g‘olibi Argentina hisoblanadi.













