Portugaliya milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Ruben Diash AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan bo‘lajak JCH-2026 dan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz muvaffaqiyatli natijaga erishishni maqsad qilganmiz. Hozirda jamoamiz o‘z kuchiga to‘liq ishonmoqda. G‘alaba qozonish uchun juda ko‘p mehnat qilish talab etiladi. Ushbu turnirdagi ambisiyalarimiz va maqsadlarimiz juda yuqori», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya terma jamoa Kolumbiya, O‘zbekiston va DR Kongo milliy terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Musobaqa 11 iyun kuni start oladi va 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.













