Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ryudiger «Real»ning muvaffaqiyatsizliklariga keskin munosabat bildirdi

Ryudiger «Real»ning muvaffaqiyatsizliklariga keskin munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger klubning oxirgi ikki mavsum davomida yirik sovrinlarni qo‘lga kirita olmagani borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Yakunlangan mavsumda Madrid jamoasi La Ligada chempion «Barselona»dan sakkiz ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi.

«Ketma-ket ikki mavsum davomida hech qanday sovrin yuta olmaslik holatlari ham uchrab turadi. Albatta, buning ortidan juda ko‘p shov-shuvlar va shunga o‘xshash gap-so‘zlar ko‘payadi. Bu futbol, bunday voqealar bo‘lib turadi.

Inson o‘ziga nisbatan halol bo‘lishi, vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishi va oldinga qarab harakat qilishi kerak. Hammasi juda oddiy.

Bizdan nima qilishimizni kutyapsiz? O‘tgan mavsumlar uchun o‘tirib yig‘lashimiz kerakmi? Yo‘q, albatta.

To‘g‘ri xulosa chiqarib, faqat oldinga intilish lozim, chunki boy berilgan narsalarni endi baribir ortga qaytarib bo‘lmaydi», — deya ma’lum qildi Antonio Ryudiger.

Kiritildi: 13:33, 05.06.2026.
O'qildi: 307 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик