Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» rahbari Peres Rodri borasida bir qarorga keldi

«Real» rahbari Peres Rodri borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

«Real» prezidenti Florentino Peres «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri borasida yakuniy qarorni qabul qildi.

Mashhur jurnalist Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, Madrid klubi rahbari Rodrini tarkibga qo‘shib olishni istamayapti.

«Menga ma’lum qilishlaricha, klublar — «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot bo‘lgan va «Siti» «Real»ning Rodrini sotib olmasligidan xabardor. Menga Florentino Peres Rodrini taklif qilishni xohlamayotganini aytishdi va ayni damda bu mavzu boshqa rivojlanmaydigandek ko‘rinmoqda», — dedi Moretto «La Pizarra de Quintana» ko‘rsatuvida.

22 iyun kuni Rodri 30 yoshga to‘ladi. Nufuzli Transfermarkt portali 2024 yilgi «Oltin to‘p» sohibini 50 million yevroga baholamoqda. Rodrining «Manchester Siti» bilan shartnomasi yana bir mavsumga mo‘ljallangan.

Kiritildi: 22:55, 05.06.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик