Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe «Real» safidagi eng yaxshi o‘yinini aytdi

Mbappe «Real» safidagi eng yaxshi o‘yinini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yulduzli markaziy hujumchisi Kilian Mbappe «qirollik klubi» tarkibida o‘tkazgan eng yaxshi uchrashuvini aytdi.

«Real»dagi eng yaxshi o‘yinim — «Manchester Siti»ga qarshi bahsda xet-trik qayd etgan uchrashuvimdir. O‘shanda 100 foizlik imkoniyat bilan o‘ynagandim. Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi o‘yin. «Santyago Bernabeu»da kiritgan uchta golim», — deya hujumchining so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Mbappe 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tgan «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi uchrashuvni yodga oldi. O‘sha bahsda «qirollik klubi» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. 27 yoshli fransiyalik futbolchi 2024 yildan buyon «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning bozordagi transfer bahosi 180 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:07, 06.06.2026.
O'qildi: 304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик