Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dalot Ronaldu haqida: «U bilan har bir uchrashuvdan so‘ng yanada donoroq bo‘lib borasan»

Dalot Ronaldu haqida: «U bilan har bir uchrashuvdan so‘ng yanada donoroq bo‘lib borasan»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasi qanot himoyachisi Diogu Dalot Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Saudiyaning «An-Nasr» klubi hujumchisi bo‘lgan 41 yoshli futbolchi uchun bo‘lajak mundial faoliyatidagi oltinchisi bo‘ladi.

«Ronalduning Jahon chempionatida o‘ynashi kerakmi-yo‘qmi degan masalaga kimdir shubha bilan qarashi men uchun aql bovar qilmaydigan holat. U bizni kuchliroq qiladimi? Ha. U bilan har bir uchrashuvdan so‘ng yanada donoroq bo‘lib borasan», — deya Dalotning so‘zlarini The Players Tribune nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi qur’a natijalariga ko‘ra «K» guruhidan joy olgan. Roberto Martines shogirdlari guruh bosqichida Kolumbiya, Kongo DR va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 15:35, 06.06.2026.
O'qildi: 311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик