Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Chempionlar Ligasi loyihalarni barbod qiladi, umid qilamanki, «Barselona» bilan bunday bo‘lmaydi»

Gvardiola: «Chempionlar Ligasi loyihalarni barbod qiladi, umid qilamanki, «Barselona» bilan bunday bo‘lmaydi»

Baho:
+1 | -

«Manchester Siti» sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Barselona»ning o‘tgan mavsumdagi natijalari haqida fikr bildirdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari ketma-ket ikkinchi bor Ispaniya chempioniga aylanishdi, biroq Chempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozona olishmadi. «Ko‘k-anorranglilar» mazkur turnirning chorak finalida Madridning «Atletiko» klubiga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi.

«Chempionlar Ligasi loyihalarni barbod qiladi, umid qilamanki, ular bilan bunday bo‘lmaydi. Bu musobaqada g‘olib chiqa olishmagani sababli xatolarga yo‘l qo‘yilmasa bo‘ldi. YECHL finaliga chiqa olishmagani yoki unda g‘alaba qozonishmagani uchun mavsumni muvaffaqiyatsiz deb hisoblashmasin», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Diario Sport nashri.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi so‘nggi bor 2015 yilda Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda Ispaniya jamoasi finalda «Yuventus»dan ustun kelgan.

Kiritildi: 17:41, 06.06.2026.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик