«Barselona» himoyachi Joau Kanseluni «Al-Hilol»dan to‘liq sotib olish ustida ishlamoqda. Saudiya klubi yon bosishga tayyor: «ko‘k-anorranglilar» portugaliyalik futbolchini dastlab talab qilingan 15 million yevro o‘rniga 10 million yevroga sotib olishlari mumkin, deya xabar berdi Mundo Deportivo.
32 yoshli futbolchining o‘zi ham Kataloniyaga ko‘chib o‘tishni juda xohlamoqda — buning uchun u maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘ladi.
Joau Kanselu yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmida Xans-Diter Flik jamoasida ijara asosida to‘p surdi: u 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 8 million yevroga baholamoqda.













