Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sesk Fabregas A Seriyaning asosiy muammosini aytdi: «Angliyada hammasi boshqacha»

Sesk Fabregas A Seriyaning asosiy muammosini aytdi: «Angliyada hammasi boshqacha»

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas A Seriya futbolining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis yakunlangan Italiya chempionatida o‘z jamoasi bilan sensasion tarzda to‘rtinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

«A Seriyada ko‘pchilik hujum qilishga emas, balki raqibni zararsizlantirishga e’tibor qaratadi. Ishoning, men futbolni juda ko‘p tahlil qilaman. Bundesliga, La Liga, APL o‘yinlarini kuzataman — u yerda jamoalar boshqacha himoyalanishadi. Masalan, Angliyada o‘yin tizimini, uslubni va murabbiyning g‘oyasini darhol ko‘rish mumkin. Italiyada esa buni payqash ko‘pincha imkonsiz — ba’zan umuman nima bo‘layotganini tushunish ham qiyin. Bu yerda tizimlilik kam, o‘yinlar ko‘pincha 1:0 yoki 0:0 hisobida tugaydi, g‘alaba qozonish juda qiyin. Shu boisdan ham eng mayda detallargacha alohida e’tibor qaratish o‘ta muhim», — dedi Fabregas The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan mavsumda «Inter» Italiya chempioniga aylandi.

Kiritildi: 09:15, 07.06.2026.
O'qildi: 140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик