Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bernardu Silva «Barselona»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga javob berdi

Bernardu Silva «Barselona»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga javob berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva yaqin orada «Barselona»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. «Ko‘k-anorranglilar» portugaliyalik futbolchi uchun kurashda asosiy da’vogar hisoblanmoqda. Shuningdek, unga Madridning «Atletiko» va «Real» klublari tomonidan ham qiziqish borligi aytilmoqda.

«Barselona» — variantlardan biri, lekin men hali yakuniy qarorga kelmadim. Menda takliflar ko‘p va men o‘zimga qiziqish bildirayotgan barcha klublarni hurmat qilaman. Men o‘zimni haqiqatan ham kutishayotgan va kerakli ekanimni his qiladigan joyga o‘tishni xohlayman. Bu men uchun muhim. Hamma narsaga to‘liq oydinlik kiritilgach, o‘z qarorimni e’lon qilaman», — deya 31 yoshli xavbekning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Bernardu Silva 2025/26 yilgi mavsum yakunida erkin agentga aylandi. U «Manchester Siti» sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 09:17, 07.06.2026.
O'qildi: 373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик