Kirish Ro'yxatdan o'tish

Balde «Barselona»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Balde «Barselona»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Himoyachi Alexandro Balde, katta ehtimol bilan, «Barselona»ni tark etmaydi. Mundo Deportivo nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi hanuzgacha kataloniyaliklar safida qolishni istamoqda.

Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari, jumladan, «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Aston Villa» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Biroq, himoyachi «ko‘k-anorranglilar» lagerini tark etish niyatida emas.

Alexandro Balde «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «sine-granatolar» safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Baldening transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:25, 07.06.2026.
O'qildi: 443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик