Gvardiola kim bilan golf o‘ynashni istashi haqida gapirib berdi.
«Manchester Siti»ning sobiq murabbiyi Jironadagi Empordà Golf kurortida o‘zi targ‘ib qilayotgan Legends Trophy turnirining sakkizinchi mavsumida ishtirok etish uchun Kataloniyaga qaytdi.
«Men haqiqiy afsona, o‘z shaxsiyati va o‘yini bilan odamni ruhlantira oladigan Seve Balyesteros (ispaniyalik golfchi, 2011 yilda vafot etgan) bilan birga o‘ynashni istardim.
Shuningdek, Maykl Jordan bilan ham golf o‘ynashni xohlardim, chunki uning juda yaxshi o‘ynashini eshitganman», — dedi Gvardiola.
Murabbiy, shuningdek, so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlarini kuzatib borayotgani — jahon reytingining birinchi raqamli golfchisi Nelli Korda bilan o‘ynash ham u uchun qiziqarli bo‘lishini ta’kidladi.













