Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabib: «Qariyotganimdan xavotirlanamanmi? Ha, otam bor-yo‘g‘i 56 yil yashadi»

Xabib: «Qariyotganimdan xavotirlanamanmi? Ha, otam bor-yo‘g‘i 56 yil yashadi»

Baho:
+ | -

UFC sobiq chempioni, hozirda Shon-sharaf zali a’zosi hisoblangan rossiyalik Xabib Nurmagomedov yoshga bo‘lgan munosabati haqida gapirib berdi.

«Qariyotganimdan xavotirlanamanmi? To‘g‘risini aytsam, ha. Har kuni yoshingiz ulg‘ayib boraveradi. Har yili… Men endi hech qachon 36 yosh bo‘lmayman. Hozir 37 yoshdaman, keyingi yil esa 38 ga to‘laman… Menimcha, hamma bundan xavotirlanadi.

Yakun qachon kelishini hech qachon bila olmaysiz. Masalan, otam bor-yo‘g‘i 56 yil yashadi. Uning bobosi esa atigi 53 yil umr ko‘rgan. Vaholanki, mening bobom 84 yil yashagan. Hech qachon bila olmaysiz… Men 37 yoshdaman, balki ertaga oxirgi kunimdir.

Bu Alloh bizga bergan narsa. Va biz buni qabul qilishimiz kerak. Tushunishimiz lozim. Bu oddiy inson bo‘lish va yerga tushish (kamtar bo‘lish) uchun juda yaxshi eslatma. Juda yaxshi eslatma», — dedi Nurmagomedov Sharjah Entrepreneurship Festival podkastida.

Kiritildi: 16:01, 07.06.2026.
O'qildi: 316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик