Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kerjakov O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026’dagi imkoniyatlarini baholadi

Kerjakov O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026’dagi imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘lajak Jahon chempionati — 2026’dagi ishtirokidan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.

«Ularning guruhi juda qiyin. U yerda Portugaliya ham, Kolumbiya ham, Kongo DR ham bor. Oson bo‘lmaydi, shu bois hatto pley-off bosqichiga yo‘l olish ham o‘zbeklar uchun aql bovar qilmas muvaffaqiyat hisoblanadi», — deya sobiq hujumchining so‘zlarini keltiradi «Sport24».

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi yurishini Kolumbiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv payshanba kuni, 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Mundialga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Nufuzli turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.

Kiritildi: 17:47, 07.06.2026.
O'qildi: 1723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик