Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lebyof «MYU» sotib olishi kerak bo‘lgan futbolchi nomini aytdi

Lebyof «MYU» sotib olishi kerak bo‘lgan futbolchi nomini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyof keyingi mavsum oldidan jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish uchun «Manchester Yunayted» qaysi futbolchini sotib olishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

«O‘ylaymanki, Uorren Zair-Emerining transferi «Manchester Yunayted» uchun ajoyib xarid bo‘lar edi, ammo muvaffaqiyatga erishishi uchun unga atrofidagi o‘yinchilar kerak bo‘ladi.

Menga Maykl Kerrik va uning «ManchesterYunayted» uchun qilgan ishlari juda yoqadi. Qolaversa, u Zair-Emerining pozisiyasida o‘ynagan. Shuning uchun, unga qanday qilib yaxshiroq bo‘lish borasida ajoyib maslahatlar berishiga deyarli ishonchim komil. Bu Uorren uchun zo‘r qadam bo‘lishi mumkin edi.

Zair-Emeri — haqiqiy jangchi. U o‘zi o‘ynayotgan jamoa uchun o‘zini qurbon qilishga tayyor. Bu aniq. U tayyor bo‘ladimi? Hozircha ishonchim komil emas. U ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Uni yaxshi yakunladi, lekin dastlabki olti oyda qiyinchiliklarga duch keldi. Shu sababli Uorren aksariyat o‘yinlarda maydonga tushmadi. Ehtimol, klubda qolish yoki qolmaslik borasida ikkilangani uchundir», — deya Lebyofning so‘zlarini keltiradi Tribal Football.

Manba: www.euro-football.ru
Kiritildi: 22:57, 07.06.2026.
O'qildi: 984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик