Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe JCH-2026ning eng yaxshi to‘purari kim bo‘lishini aytdi

Mbappe JCH-2026ning eng yaxshi to‘purari kim bo‘lishini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bo‘lajak Jahon chempionatida kim to‘purlar poygasida g‘olib chiqishi haqidagi savolga javob berdi. Madridning «Real» klubi hujumchisi taqdim etilgan ikki futbolchidan qaysi biri JCH-2026 musobaqasida ko‘proq gol urishini tanlashi kerak edi.

«The Touchline» nashrining xabar berishicha, fransiyalik yulduz o‘z jamoadoshi Vinisius Juniorni Erling Xoland, Lamin Yamal va Xarri Keyn kabi bir qator yulduzlardan ustun qo‘ydi. Biroq Lionel Messi bilan taqqoslanganda, uning fikricha, argentinalik futbolchi braziliyalikka qaraganda ko‘proq gol uradi.

Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida esa «qaymoqranglilar»ning 27 yoshli yulduzi portugaliyalik hujumchini tanladi. Yakunda, o‘zi va Ronaldu o‘rtasida tanlov qilish so‘ralganda, Kilian o‘z nomini tilga oldi.

Eslatib o‘tamiz, aynan Mbappe o‘tgan Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi — o‘shanda u 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan, ulardan uchtasini final uchrashuvida raqib darvozasiga joylagandi.

Kiritildi: 09:24, 08.06.2026.
O'qildi: 963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик