Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyu «Real»dagi saylovlar sababli ikki hafta vaqt yo‘qotganini ta’kidladi

Mourinyu «Real»dagi saylovlar sababli ikki hafta vaqt yo‘qotganini ta’kidladi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyu tez orada «Benfika»ni tark etib, rasman Madridning «Real» klubi boshqaruvini qo‘lga oladi. «Qaymoqranglilar»ning portugaliyalik mutaxassis bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabarlar may oyidayoq paydo bo‘lgan edi, biroq klub rahbari Florentino Peres 7 iyun kuni prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga qaror qildi.

«Diario AS» nashrining xabar berishicha, Mourinyu ushbu jarayon tufayli o‘zining qimmatli vaqtini — allaqachon ish boshlashi mumkin bo‘lgan qariyb ikki haftani boy berdim deb hisoblamoqda. Endilikda saylovlar yakunlanib, Peres qayta saylanganidan so‘ng, «The Special One» tezroq o‘z vazifasiga kirishishni xohlamoqda.

Joze Mourinyu Madriddan ketganidan 13 yil o‘tib yana «Real»ga qaytmoqda. U 2025/26 yilgi mavsum tugashi bilan lavozimini tark etgan Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallaydi.

Kiritildi: 11:44, 08.06.2026.
O'qildi: 368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик