Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Olise uchun ilk rasmiy taklifni tayyorladi

«Real» Olise uchun ilk rasmiy taklifni tayyorladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida Myunxenning «Bavariya» klubi va Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olishni jiddiy maqsad qilgan.

«Mundo Deportivo» jurnalistlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ertaga, 9 iyun kuni «qirollik» klubi Germaniya jamoasiga futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yuboradi. «Qaymoqranglilar» Olise uchun 150 million yevro taklif qilishadi. Agar Germaniya chempioni bu taklifni rad etsa, ispanlar summani yanada oshirishga tayyor.

Maykl Olisening «Bavariya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Ortda qolgan 2025/2026 yilgi mavsumda fransiyalik futbolchi 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 ta gol va 31 ta golli uzatmani rasmiylashtirib qo‘ygan.

Kiritildi: 11:53, 08.06.2026.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик