Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keynning fikricha, 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichidagi yuqori havo harorati jamoa uchun muammo tug‘dirmaydi.
«To‘g‘risini aytsam, issiqlik u qadar dahshatli darajada deb o‘ylamayman. Ochig‘i, biz mashg‘ulotlarda unga ko‘nikib boryapmiz. Dastlabki bir necha kundan keyin, nazarimda, yigitlarning aksariyati bunga moslashib bo‘ldi.
Biz hammamiz professional sportchilarmiz. Ushbu turnirga ham biz, ham texnik xodimlar juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.
Birinchi o‘yinimizgacha hali yana 10 kuncha vaqtimiz bor, biz mana shunday sharoitda mashg‘ulot o‘tamoqdamiz. Shu bois, turnir boshlanishiga qadar bu hech qanday muammo tug‘dirmaydi, deb o‘ylayman», — deya 32 yoshli futbolchining so‘zlarini keltirmoqda «PA» axborot agentligi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Yangi Zelandiya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yin Selsiy bo‘yicha 33 daraja issiq havo haroratida bo‘lib o‘tdi.













