Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionati boshlanishi arafasida jiddiy muammoga duch keldi. Bu haqda «The Times» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy tarkibning bir yo‘la bir nechta futbolchisi jismoniy yuklamalar bo‘yicha «qizil hudud»da turibdi — mavsum davomida maydonda haddan tashqari ko‘p daqiqa o‘tkazganliklari sababli, ularning jarohat olish xavfi me’yordan ancha yuqori. Eng ko‘p charchagan va yuklama olgan o‘yinchilar sifatida Ris Jeyms, Elliot Anderson va Niko O'Rayli tilga olinmoqda.
Terma jamoa tibbiy shtabi Jahon chempionati davomida jarohatlarning oldini olish maqsadida ushbu futbolchilar uchun allaqachon individual tayyorgarlik va tiklanish dasturlarini ishlab chiqmoqda. Inglizlar sport tahlili, yugurish yuklamalari nazorati va giperbarik kameralardan (kislorodli barokamera) faol foydalanishmoqda. Barcha texnik yangiliklarga qaramay, Tuxel baribir futbolchilarning jismoniy tetikligi va o‘yin ritmini saqlab qolish o‘rtasidagi muvozanatni izlashga majbur bo‘lmoqda.













