Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gimaraes: «Braziliya har doim favorit, hech kimning ko‘kragida beshta yulduz yo‘q»

Gimaraes: «Braziliya har doim favorit, hech kimning ko‘kragida beshta yulduz yo‘q»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes o‘z jamoasining jahon chempionati favoritlari qatoriga kiritilmayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

«Braziliya o‘zi ishtirok etadigan har qanday musobaqada doimo favorit hisoblanadi, chunki hech kimning ko‘kragida beshta yulduz yo‘q.

To‘g‘ri, bu tarix maydonda o‘z-o‘zidan aks etmaydi, ammo bizning o‘z futbolimiz bor. Tarkibimizda dunyoning eng yirik klublarida porlayotgan Vinisius, Rafinya kabi ajoyib futbolchilar to‘p surishmoqda.

Milliy terma jamoamizga hurmat bilan yondashish kerak. Angliyada men gaplashadigan har bir kishi Braziliyani juda qattiq hurmat qiladi», — dedi «Nyukasl» futbolchisi.

Kiritildi: 07:23, 09.06.2026.
O'qildi: 262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик