Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri Usmon Dembeleni kamtarligi uchun maqtadi.
«Dembele — ajoyib futbolchi, menga uning vazminligi, kamtarligi va tabassumi yoqadi. U juda oqilona fikrlaydi. Maydonda u jamoaviy ishga tayyorligini va boshqalar uchun o‘zini qurbon qila olishini ko‘rsatadi. Dembelening yana bir o‘ziga xos jihati: u o‘z o‘yinini rang-barang qilgan holda, himoyalanish va pressing uyushtirishni, orqaroqqa qaytib, maydonning istalgan nuqtasida qora ishlarni bajarishga qodirligini isbotladi.
Har kim o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishi va eng kuchli ekanligini isbotlashga intilishi meni charchatadi. Menimcha, Fransiya terma jamoasi aynan kamtarligi evaziga zafar quchadi. Menga Sherkining "u yerga g‘alaba qozonish uchun emas, balki qolganlarni yakson qilish uchun boramiz" degan bayonoti yoqmadi. Bu hech qanday ma’noga ega emas, bu biz kutayotgan futbol va jamoaviy o‘yin emas. Bunday fikrlash Fransiya terma jamoasini g‘alabaga boshlamaydi, men bunga ishonmayman.
Men har bir futbolchining kamtarligiga, to‘p yo‘qotilganda yoki kimningdir o‘yini chiqmay qolganda bir-biri uchun yugurish va harakat qilish qobiliyatiga ishonaman. To‘rt yoki beshta haqiqatan ham ajoyib hujumkor futbolchilardan ikki yoki uchtasi estafetani qabul qilib oladi, keyingi o‘yinda esa boshqa ikki yoki uch nafari... Mas’uliyatni, o‘yindan olinadigan zavqni va texnik mahoratni o‘zaro bo‘lishishni bilish kerak», — dedi Dyugarri.













