Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sobiq «Real» futbolchisi Danilo: «Odamlar Krishtianu Ronalduni go‘yo o‘zga sayyoralik deb o‘ylaydi»

Sobiq «Real» futbolchisi Danilo: «Odamlar Krishtianu Ronalduni go‘yo o‘zga sayyoralik deb o‘ylaydi»

Baho:
+ | -

Braziliya milliy terma jamoasining 34 yoshli himoyachisi Danilo o‘zi bilan «Real» va «Yuventus»da birga to‘p tepgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

«Ha, men u bilan «Real»da ham birga o‘ynaganman. Turinda u ancha tajribali edi, ammo shunga qaramay ko‘p gol urar va har doim yuqori darajada professional bo‘lib qolardi. U sizni rivojlanishga, mashg‘ulotlar va o‘yinlarda bor kuchingizni ishga solishga majbur qilardi.

Odamlar Krishtianuni go‘yo o‘zga sayyoralik deb o‘ylaydi, ammo aslida u kula oladigan, oilasi bilan vaqt o‘tkazadigan va hayotdan zavq oladigan oddiy inson. Shu bilan birga, u har kuni yanada yaxshiroq bo‘lishga intilib, deyarli barcha ishlarida futbol bilan yashaydi», — dedi Danilo.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:04, 09.06.2026.
O'qildi: 998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик