Kirish Ro'yxatdan o'tish

JAR ustozi: «Meksikaga qarshi o‘yinga tayyormiz»

JAR ustozi: «Meksikaga qarshi o‘yinga tayyormiz»

Baho:
+ | -

JAR terma jamoasi 11 iyun kuni «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati—2026 ning ochilish uchrashuvida Meksikaga qarshi bahs olib borishga tayyor. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Hugo Bros ma’lum qildi.

Janubiy Afrika jamoasi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Yamayka bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bros futbolchilar o‘z o‘yinlarini kuchaytirishlari kerakligini tan oldi, biroq tarkib hali ham Pachukada joylashgan mashg‘ulot bazasi sharoitlariga moslashayotganini ta’kidladi.

«Moslashib ketishimiz uchun balki yana bir necha kun kerak bo‘lar. Men maydonda o‘zlari istagandek bor kuchini bera olmagan futbolchilarni ko‘rdim. Bu, shubhasiz, balandlik (kislorod yetishmovchiligi) tufaylidir. Payshanba kungi o‘yinga tayyor bo‘lishimizga ishonchim komil», — deya Brosning so‘zlarini keltirmoqda COSAFA sayti.

«Biz Meksikaga qarshi nima qilish kerakligini bilamiz. Ular to‘pga egalik qilganda ham, o‘zimizda to‘p bo‘lganda ham qanday harakat qilishni yaxshi anglaymiz. So‘nggi detallar keyingi ikkita mashg‘ulotimizda ishlab chiqiladi. Butun diqqat-e’tiborimiz ushbu o‘yinga qaratilgan», — dedi murabbiy.

«Ularning (meksikalik futbolchilarning) barchasi xavfli, bu juda harakatchan va jipslashgan ajoyib jamoa. Ular haqiqatan ham Jahon chempioni bo‘lishni istashadi. Buni ularning o‘yinidan ham sezish mumkin. Agar ijobiy natijaga erishmoqchi bo‘lsak, eng yuqori darajamizni ko‘rsatishimiz kerak. Ular juda shakllangan jamoa».

Qiziq jihati shundaki, 1986 yilgi Jahon chempionatida Hugo Bros Belgiya terma jamoasi safida aynan shu stadionda va aynan shu raqibga qarshi start o‘yinida maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 18:07, 09.06.2026.
O'qildi: 212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик