«Gerta» klubi yarim himoyachisi Kennet Ayxgorn yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Kicker nashrining xabariga ko‘ra, 16 yoshli iqtidorli futbolchi uchun asosiy kurash «Bayer» va «RB Leypsig» klublari o‘rtasida kechmoqda. Bunda Leverkuzen klubi o‘yinchini qo‘lga kiritish borasida favorit hisoblanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ayxgornning vakillari unga qiziqish bildirayotgan barcha jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazishgan va uzoq vaqt davomida «Bayer»ga yangi bosh murabbiy tayinlanishini kutishgan. Manbaning qayd etishicha, ushbu holat futbolchining Leverkuzenga ko‘chib o‘tishga jiddiy qiziqayotganidan dalolat berishi mumkin.
Avvalroq matbuotda ushbu iqtidorli futbolchiga Angliyaning «Liverpul» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













