Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

JCH–2026 oldidan Angliya terma jamoasi bazasi yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

JCH–2026 oldidan Angliya terma jamoasi bazasi yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliya milliy terma jamoasi Jahon chempionati–2026ga tayyorgarlik jarayonida kutilmagan hodisaga duch keldi.

Kuba sohillari yaqinida magnitudasi 6,1 ballga teng kuchli zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari AQSHning Florida shtatidagi bir qator hududlarda ham sezildi. Aynan shu shtatda Angliya terma jamoasining mashg‘ulot bazasi joylashgan.

Xabar qilinishicha, zilzilaning takroriy silkinishlari 11 iyun kuni Tomas Tuxel shogirdlari Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilgan Orlando shahrigacha yetib borgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda binolar ichidagi mebellar va turli buyumlarning silkinayotganini ko‘rish mumkin.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar yoki jiddiy moddiy zarar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Ehtiyot chorasi sifatida ayrim binolarda vaqtinchalik evakuasiya ishlari amalga oshirilgan.

Hodisaga qaramay, Angliya terma jamoasining jahon chempionatiga tayyorgarligi reja asosida davom etmoqda. Zilzila jamoaning mashg‘ulot jarayoni va taqvimiga ta’sir ko‘rsatmagan.

2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi hamda turnir tarixida ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 20:22, 09.06.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик