Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Van de Ven: «Uydan chiqmay qo‘ygandim»

Van de Ven: «Uydan chiqmay qo‘ygandim»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Mikki van de Ven klub uchun deyarli halokat bilan yakunlanayozgan yakunlangan mavsum haqida gapirdi. «Shporlar» so‘nggi turgacha Premyer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashdilar va yakunda 17-o‘rinni egallab, ligani tark etgan «Vest Xem»ni atigi ikki ochkoga ortda qoldirishdi.

«Ma’lum bir vaqtda men hatto uydan chiqmay ham qo‘ygandim. O‘shanda o‘zimga o‘zim: «Men umuman biror yoqimli narsa bilan o‘zimni xursand qilishga loyiqmanmi?» deb savol berardim. Ehtimol, bu haddan tashqari oshirib yuborilgan tuyg‘udir, lekin biz har qanday holatda ham vaziyatni o‘zgartirishni istardik», — deya ingliz OAVlari Van de Venning so‘zlarini keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Roberto de Dzerbi londonliklar jamoasini mart oyi oxirida Igor Tudorning o‘rniga kelib boshqargan edi.

Kiritildi: 07:26, 10.06.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик