Argentina milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Islandiya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin AQSHning Obern shahridagi «Jordan-Xeyr» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Argentina yarim himoyachisi Valentin Barko hisobni ochdi. 72-daqiqada hujumchi Lionel Messi penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. O‘yinga nuqtani esa 87-daqiqada Tyago Almada qo‘ydi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Argentina terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Argentinaliklar J guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Islandiya esa mundialga yo‘llanma ola olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Jamoa 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
10 iyun 2026 yil
Argentina — Islandiya — 3:0
Gollar: Valentin Barko, 8 (1:0), Lionel Messi, 72-penalti (2:0), Tyago Almada, 87 (3:0).













