Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Messi Argentina terma jamoasi safida 117-golini urdi. Bu uning faoliyatidagi 911-gol bo‘ldi

Messi Argentina terma jamoasi safida 117-golini urdi. Bu uning faoliyatidagi 911-gol bo‘ldi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi milliy jamoa safidagi 117-golini kiritdi. Bu Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) sodir bo‘ldi.

Messi uchrashuvning 72-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 38 yoshli argentinalik futbolchi uchun bu milliy jamoa safidagi 199-o‘yinda urilgan 117-gol bo‘ldi.

Umuman olganda, Lionel Messi professional faoliyati davomida barcha turnirlarda 911 ta gol muallifi bo‘ldi. U shulardan 672 tasini «Barselona», 32 tasini «PSJ», 90 tasini «Inter Mayami» va 117 tasini Argentina terma jamoasi safida kiritgan.

Argentina terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Amaldagi jahon chempionlari J guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
10 iyun 2026 yil
Argentina — Islandiya — 3:0
Gollar: Valentin Barko, 8 (1:0), Lionel Messi, 72-penalti (2:0), Tyago Almada, 87 (3:0).

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:49, 10.06.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик