Jahon chempionati–2026ga tayyorgarlik doirasida Iroq va Venesuela terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bahs AQSHning Chikago shtatidagi Bridjvyu shahrida joylashgan «Sitgik Stedium» arenasida o‘tkazildi va Venesuelaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 17-daqiqada Kristian Kasseres tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan, 46-daqiqada Jezus Ramires Venesuelaning ustunligini mustahkamladi.
Iroq terma jamoasi esa o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi. Uchrashuvning 72-daqiqasida Ali Yusif to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, Iroq terma jamoasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati–2026 ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, iroqliklar I guruhida Fransiya, Senegal va Norvegiya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Venesuela terma jamoasi esa jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kirita olmagan.













