Portugaliya milliy terma jamoasi ustozi Roberto Martines 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronalduning mehnatsevarlik darajasini yuqori baholadi.
"Krishtianu — bizning sardorimiz. U butun jamoa uchun namunadir. Ronaldu o‘zini to‘liq ishga bag‘ishlaydi va terma jamoaga yordam berishni istaydi. U kundan-kunga yaxshilanib borishni xohlaydi. Terma jamoadan ketadimi? Biz hozir bu haqda o‘ylamayapmiz. Xayolimizdagi barcha fikrlar mundial bilan band", — deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Jahon chempionati – 2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Portugaliya terma jamoasi turnirning guruh bosqichida Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo DR jamoalariga qarshi maydonga tushadi.













