Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Kamp Nou» Chempionlar ligasi-2029 finalini qabul qilish uchun rasman nomzod sifatida ko‘rsatildi

«Kamp Nou» Chempionlar ligasi-2029 finalini qabul qilish uchun rasman nomzod sifatida ko‘rsatildi

Baho:
+ | -

Tez orada 2029 yilgi Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tadigan stadion nomi ma’lum bo‘ladi. Hozircha ushbu bahsga mezbonlik qilish uchun ikkita stadion da’vogarlik qilmoqda: birinchisi — Londonning «Uembli», ikkinchisi esa Kataloniyaning «Kamp Nou» arenasidir.

26 may kuni Kataloniya avtonomiyasi Vazirlar Kengashi Ispaniya qirollik futbol federasiyasining so‘roviga binoan, ta’lim vaziri Milagros Tolonning nomzodlikni ilgari surish haqidagi taklifini ma’qulladi. Mezbon stadion bo‘yicha yakuniy qaror shu yilning sentyabr oyida, Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilinishi kutilmoqda.

«Kamp Nou» o‘z tarixida ikki marta — 1989 va 1999 yillarda Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan. Qizig‘i shundaki, XXI asrda ushbu stadionda hali biror marta ham YECHL finali o‘tkazilmagan.

Kiritildi: 14:43, 10.06.2026.
O'qildi: 352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик