Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Barselona» Reshfordning transfer huquqini sotib olmaydi

«Barselona» Reshfordning transfer huquqini sotib olmaydi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi Markus Reshfordning shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirmaslik bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Ingliz hujumchisi ijara muddati tugaganidan keyin «Manchester Yunayted»ga qaytadi. Kataloniyaliklar ingliz klubi bilan kelishuvda ko‘rsatilgan 30 million yevroni to‘lashmaydigan bo‘ldi.

Bunga asosiy sabab sifatida yaqinda jamoaga kelib qo‘shilgan va maydonda xuddi shu pozisiyani egallagan Entoni Gordonning transferi ko‘rsatilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Gordon bosh murabbiy Xans-Diter Flikning talablariga, ayniqsa, himoyadagi ish hajmi va raqib yarim maydonidagi pressing borasida yaxshiroq javob beradi. Bundan tashqari, yosh omili ham o‘z so‘zini aytdi: oktyabr oyida Reshford 29 yoshni qarshi oladi, Gordon esa undan ancha yosh.

Iqtisodiy nuqtai nazardan vaziyat deyarli teng edi. Garchi Reshford maoshining sezilarli darajada (taxminan 40 foizga) kamayishiga rozi bo‘lgan esa-da, transfer amortizasiyasi va boshqa xarajatlar uni klubda saqlab qolish qiymatini Gordonniki bilan bir xil darajaga keltirib qo‘yayotgan edi.

Endilikda Reshford Angliyaga qaytmoqda. Uning faoliyatini Myunxenning «Bavariya» klubida davom ettirish ehtimoli juda yuqori, chunki nemislar avvalroq futbolchini 30 million yevroga sotib olishga tayyor ekanliklarini bildirishgan edi.

Kiritildi: 15:21, 10.06.2026.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик