Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Kompani «Bavariya»ning potensial yangi a’zosi bilan bog‘landi

Kompani «Bavariya»ning potensial yangi a’zosi bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning ehtimoliy yangi a’zosi Nataniel Braun bilan suhbat o‘tkazib ulgurdi. Belgiyalik mutaxassis «Bavariya»ga yangi chap qanot himoyachisi zarur deb hisoblamoqda, chunki Alfonso Devis jarohatlar tufayli tez-tez safdan chiqib turibdi. Ayni shu pozisiya uchun Braun asosiy nishon sifatida belgilangan.

Bayern & Germany nashrining xabar berishicha, mavsum yakunlanganidan ko‘p o‘tmay, Kompani «Ayntraxt» futbolchisi bilan bog‘langan va unga o‘z rejalari haqida gapirib bergan.

Ko‘rinishidan, bosh murabbiy Braunni ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan. 22 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosi Londonning «Arsenal» va Madridning «Real» klublari tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga qaramay, «Bavariya»ga o‘tishni istamoqda.

Frankfurtliklar yulduzining Transfermarkt portalidagi bahosi 40 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:31, 10.06.2026.
O'qildi: 241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик