Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Yana bir grand Olisega ko‘z tikdi

Yana bir grand Olisega ko‘z tikdi

Baho:
+4 | -

«Bavariya» va Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olisega yangi da’vogar paydo bo‘ldi. 24 yoshli futbolchini sotib olish variantini «PSJ» ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi L'Equipe du soir.

Myunxen klubi fransuzning sotilishini istamayapti va u uchun juda katta mablag‘ talab qiladi, biroq parijliklarda ushbu yulduz bo‘yicha moliyaviy so‘rovlarni qondirish imkoniyati mavjud.

Transfermarkt portali ekspertlari talqiniga ko‘ra, Olisening bahosi 150 million yevroni tashkil etadi, ammo «Bavariya» o‘yinchini hatto bunday summaga ham qo‘yib yuborishi dargumon. Mayklga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda myunxenliklar hujum chizig‘i yetakchisi 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 10:34, 11.06.2026.
O'qildi: 3117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик