«Tottenxem» va «Manchester Yunayted» klublarining sobiq hujumchisi Teddi Sheringem Londonning «Chelsi» jamoasiga «Everton» posboni Jordan Pikford transferi ustida ishlashni taklif qildi.
«Chelsi»ga yuqori klassdagi darvozabon kerak. Mening fikrimcha, Jordan Pikford hech qanday shak-shubhasiz londonliklarning barcha talablariga ideal darajada mos keladi», — deya Sheringemning so‘zlarini keltirmoqda matbuot.
Ma’lumot uchun, Jordan Pikford 2017 yilda «Sanderlend»dan 28 million yevro evaziga «Everton»ga o‘tgan edi. Uning Liverpul klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Angliyalik tajribali golkiper yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «irislar» tarkibida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda o‘z darvozasidan 51 ta to‘p olib chiqqan bo‘lsa, 11 ta uchrashuvda raqiblariga gol urish imkoniyatini bermadi («quruq o‘yin»).
Nufuzli Transfermarkt portali 32 yoshli Pikfordning transfer qiymatini ayni damda 13 million yevroga baholamoqda.













