Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Superliga klublari JCH–2026 saralashi uchun qancha pul ishlab topadi?

Superliga klublari JCH–2026 saralashi uchun qancha pul ishlab topadi?

Baho:
+ | -

Joriy yilning 5 iyun sanasida FIFA 1965-sonli sirkulyarini chiqarib, Jahon kubogi saralash va final bosqichlarida ishtirok etgan futbolchilari uchun klublarning kompensasiya olish jarayoni xususida ma’lumot berdi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, saralash bosqichi uchun to‘lovlar futbolchi rasmiy uchrashuv qaydnomasiga kiritilgani bo‘yicha to‘lanadi. Saralash bosqichi uchun ajratilgan summa, avval xabar qilinganidek, 100 million AQSH dollarini tashkil etib, uning taqsimoti natijasida klub har bir futbolchisining Jahon kubogi saralash bosqichidagi bitta uchrashuv qaydnomasiga kirgani uchun taxminan 2 362 AQSH dollari miqdorida kompensasiya oladi.

Liganing taqribiy hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘zbek klublari Jahon kubogi saralash bosqichiga futbolchilarini yuborgani uchun yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan miqdorda kompensasiya oladi. Ushbu o‘rinda, FIFAning yakuniy xulosalari turli sabablar yuzasidan Liganing taqribiy hisob-kitobidan biroz farq qilishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Shuningdek, FIFA taqdim etgan sirkulyarga asosan, Jahon kubogi saralash bosqichidagi uchrashuvlarda o‘yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchi uchun uning maydonga tushgan yoki tushmaganidan qat’i nazar kompensasiya to‘lab beriladi.

Shuningdek, Jahon kubogi asosiy musobaqasi uchun FIFA tomonidan 250 million AQSH dollari ajratilgan bo‘lib, klublar o‘z futbolchilarining turnir yakuniy qaydnomasiga kiritilgan har bir kuni uchun taxminan 5 000 AQSH dollari miqdorida kompensasiya oladi.

Klublarimizning Jahon kubogi yakuniy bosqichida qancha pul ishlab topgani bo‘yicha ma’lumot Liga tomonidan turnir yakunida alohida taqdim etiladi. Liga milliy jamoamizga musobaqada muvaffaqiyat tilagan holda, turnirda imkoni qadar uzoqroqqa borish orqali klublarimiz o‘z futbolchilari uchun yanada ko‘proq kompensasiya pullari qabul qilishiga umid bildiradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:55, 11.06.2026.
O'qildi: 3514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик