Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

YECHL-2029 finali «Kamp Nou» yoki «Uembli»da bo‘lib o‘tadi: Yakuniy qaror 15 sentyabrda chiqadi

YECHL-2029 finali «Kamp Nou» yoki «Uembli»da bo‘lib o‘tadi: Yakuniy qaror 15 sentyabrda chiqadi

Baho:
+ | -

«Kamp Nou» va «Uembli» YECHL-2029 finalini qabul qilish uchun o‘zaro kurash olib boradi.

Chempionlar ligasining 2028/29 yilgi mavsum final uchrashuvi Barselonadagi «Kamp Nou» yoki Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkaziladi.

UYEFA finalni o‘tkazish bo‘yicha faqatgina ikkita ariza qabul qildi. Hujjatlarni topshirish muddati chorshanba kuni yakuniga yetdi. Yakuniy qaror Ijroiya qo‘mitasining 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida e’lon qilinadi.

«Barselona» stadioni uchun bu 1989 yil («Milan» – «Styaua» – 4:0) va 1999 yilgi («MYU» – «Bavariya» – 2:1) uchrashuvlardan keyin Yevropa chempionlari kubogi/CHempionlar ligasi tarixidagi uchinchi final bo‘lishi mumkin.

«Uembli» esa shu paytgacha final bahslariga 8 bor mezbonlik qilgan: 1963 yil («Milan» – «Benfika» – 2:1), 1968 yil («MYU» – «Benfika» – 4:1), 1971 yil («Ayaks» – «Panatinaikos» – 2:0), 1978 yil («Liverpul» – «Bryugge» – 1:0), 1992 yil («Barselona» – «Sampdoriya» – 1:0), 2011 yil («Barselona» – «MYU» – 3:1), 2013 yil («Bavariya» – «Borussiya Dortmund» – 2:1) va 2024 yil («Real Madrid» – «Borussiya Dortmund» – 2:0).

Kiritildi: 20:14, 11.06.2026.
O'qildi: 380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик