Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Meksikadagi norozilik namoyishi qatnashchisi: «JCHga tikilgan davlat mablag‘laridan ishchi sinfi emas, faqat boylar yutadi»

Meksikadagi norozilik namoyishi qatnashchisi: «JCHga tikilgan davlat mablag‘laridan ishchi sinfi emas, faqat boylar yutadi»

Baho:
+ | -

Meksikadagi norozilik aksiyalari ishtirokchisi mamlakatda jahon chempionatining o‘tkazilishidan oddiy fuqarolar hech qanday foyda ko‘rmasligini ma’lum qildi.

Bugun, 11 iyun kuni «Asteka» stadionida Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan futbol bo‘yicha JCH-2026 start oladi. Turnir o‘yinlariga, shuningdek, AQSH va Kanada ham mezbonlik qiladi.

Oxirgi bir necha hafta ichida mamlakatda mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab qilayotgan o‘qituvchilarning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bundan tashqari, stadion yaqinida narkokartellar tomonidan o‘ldirilgan va o‘g‘irlab ketilgan shaxslarning yaqinlari ham ishtirokida e’tiroz aksiyasi o‘tkazildi.

The Guardian nashrining xabar berishicha, namoyishchilar stadion hududida harakatni to‘sib qo‘yishgan, ulardan ayrimlari JCH-2026ning ochilish o‘yini vaqtida stadionning ichida norozilik namoyishlari uyushtirish bilan tahdid qilgan. Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum bu tahdidlarni «provokasiya» deb atadi va polisiyani namoyishchilarga qarshilik ko‘rsatishda zo‘ravonlikdan tiyilishga chaqirdi.

«Oramizda kimdir bunday munosabatdan mamnun bo‘la oladimi? Jahon chempionatini o‘tkazish uchun [davlat tomonidan kiritilgan] sarmoyalardan kim boylik orttirishini yaxshi tushunamiz. Bu biz kabi oddiy odamlar bilan hech qachon sodir bo‘lmaydi — bunday narsalar hech qachon ishchi sinfiga foyda keltirmagan, ular faqat shundoq ham hamma narsasi yetarli bo‘lganlarga xizmat qiladi. Biz hech qayerga ketmaymiz», — dedi namoyishchilardan biri Emiliano Kardenas.

JCH-2026ning Meksika va JAR o‘rtasidagi ochilish uchrashuvi Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 20:18, 11.06.2026.
O'qildi: 230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик