Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

JCH-2026. Meksika - JAR - 2:0. O‘yin statistikasi

JCH-2026. Meksika - JAR - 2:0. O‘yin statistikasi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining ochilish o‘yinida Meksika milliy jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv statistikasi bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘yin davomida meksikaliklar har tomonlama katta ustunlikka ega bo‘lishdi. Ular to‘p nazoratini 61 foiz darajasida ushlab turib, raqib darvozasi sari jami 16 ta zarba yo‘llashdi. Janubiy Afrika terma jamoasi esa bunga faqatgina 3 ta zarba bilan javob qaytara oldi, xolos. Kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi ham Meksikaning hujumda ancha xavfliroq o‘ynaganini ko‘rsatmoqda (1.46 / 0.08).

Uchrashuvning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri — har ikki jamoa a’zolarining qo‘pol o‘yini va hakam tomonidan ko‘rsatilgan kartochkalar bo‘ldi. O‘yinda jami 3 ta sariq va 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Janubiy Afrika terma jamoasi bahsni 9 kishi bo‘lib yakunlagan bo‘lsa, Meksika ham bir nafar futbolchisidan ayrildi.

O‘yinning to‘liq statistikasi

Ko‘rsatkichlar Meksika Janubiy Afrika
Yakuniy hisob 2 0
Kutilgan gollar (xG) 1.46 0.08
To‘p nazorati 61% 39%
Jami zarbalar 16 3
Aniq zarbalar 4 2
Golli vaziyatlar 2 0
Burchak zarbalari 3 1
Uzatmalar (Aniq/Jami) 90% (467/520) 81% (272/334)
Sariq kartochkalar 1 2
Qizil kartochkalar 1 2

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:18, 12.06.2026.
O'qildi: 659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик