Bugun, 12 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining "A" guruhidan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Jamoalar Meksikaning Sapopan shahrida joylashgan «Akron» stadionida maydonga tushadi. Uchinrashuvni misrlik hakam Amin Omar boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.
JCH–2026. "A" guruhi, 1-tur
JANUBIY KOREYA - CHEXIYA
Janubiy Koreya: Kim Sin Gyu, Li Xan Bom, Kim Min Je, Li Te Sok, Sol Yon U, Li Ki Xyok, Xvan In Bom, Pek Sin Xo, Li Je Son, Li Kan In, Son Xin Min.
Chexiya: Kovarj, Granach, Soufal, Xaloupek, Kreychi, Zeleni, Provod, Souchek, Soyka, Shik, Shuls.
Avvalroq JCH–2026ning ochilish uchrashuvida Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.













