Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Trippyer shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, “Vulverxempton”ga o‘tishdan bosh tortishi mumkin

Trippyer shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, “Vulverxempton”ga o‘tishdan bosh tortishi mumkin

Baho:
+ | -

Hafta boshida “Vulverxempton” himoyachi Kiran Trippyerning transferini e’lon qilgan edi — 35 yoshli futbolchi 1 iyuldan kuchga kirishi kerak bo‘lgan shartnomaga qo‘l qo‘ygandi. Biroq oradan bir necha kun o‘tib, “bo‘rilar” kutilmaganda bosh murabbiy Rob Edvardsni lavozimidan bo‘shatdi.

Endilikda Trippyer o‘zini aldangandek his qilmoqda, chunki uning “Vulverxempton”ga o‘tish qarorida aynan Edvards qo‘l ostida o‘ynash asosiy omil bo‘lgan edi, mutaxassis futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni juda ham xohlagandi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, hozirda Trippyer o‘z variantlarini, jumladan, hali kuchga kirishga ulgurmagan shartnomani bekor qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Vulverxempton” Premyer-ligada 20-o‘rinni egallab, Chempionshipga ravona bo‘lgan edi.

Kiritildi: 07:41, 12.06.2026.
O'qildi: 329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик