“Nyukasl” klubi huquqlarining yarmi “Real”ga tegishli bo‘lgan “Osasuna” vingeri Viktor Munyosni sotib olmoqchi.
“Qarg‘alar” 22 yoshli Ispaniya terma jamoasi a’zosi uchun 35 million yevro va bonuslar ko‘rinishida 5 million yevro taklif qilishdi. Agar “Madrid” ushbu kelishuvni ma’qullasa, transfer summasining yarmini qo‘lga kiritadi.
AS nashrining xabariga ko‘ra, bitim tayyorgarlik bosqichida turibdi va yaqin vaqt ichida yakunlanishi mumkin.













